G‘azoda Isroil hujumidan o‘lganlar 40 nafardan oshdi

Olam

image

Joriy yilning 5 avgustidan beri Isroil harbiylari Falastinning blokada ostidagi G‘azo anklavini o‘qqa tutishi oqibatida 44 kishi, jumladan, 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 7 avgust kuni Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yaradorlar soni 360 kishiga yetgan. Idora yaradorlarning ahvoli haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga start berdi.

Armiya G‘azodagi nishonlarga zarba bergan. Bugun, 6 avgust kuni soat 20:00 gacha sektor atrofidagi 80 kilometrlik hududda favqulodda holat amal qiladi. Ochiq maydonda o‘ndan ortiq va yopiq joylarda 50 dan ortiq odamni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim faoliyati taqiqlangan.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.

Isroil va G‘azodagi “Islomiy jihod” harakati yakshanba kuni Misr vositachiligida mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da kuchga kiradigan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing