G‘azoda gumanitar pauzalarsiz emlashni amalga oshirib bo‘lmaydi – JSST

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqin kunlarda G‘azo sektorida poliomiyelitga qarshi emlash rejalashtirilgani sabab tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda JSSTning bosib olingan Falastin hududlaridagi vakili Richard Piperkorn Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida ikki bosqichli emlash kampaniyasi 1 sentyabrdan boshlanishi kerak. Epidemiyani to‘xtatish va poliomiyelitning xalqaro tarqalishining oldini olish uchun har bir bosqichda kamida 90 foiz emlash qamrovi zarur. U kampaniya davomida mintaqalarga xos gumanitar pauzalarning dastlabki majburiyatini ijobiy baholadi. 

JSST ikkala tomonni bolalar va oilalarning sog‘liqni saqlash muassasalariga xavfsiz kirish imkoniyatini ta’minlash uchun jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Piperkornning so‘zlariga ko‘ra,  gumanitar pauzalarsiz emlash kampaniyasini o‘tkazish imkonsiz bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, G‘azoga 1,26 million vaksina dozasi yetkazilgan. Tez orada yana 400 ming doza vaksina yetkazish reja qilingan. 2180 dan ortiq ishchi emlash bo‘yicha o‘quv kurslaridan o‘tdi. Vaksinani 10 yoshgacha bo‘lgan 640 mingdan ortiq bola oladi. Kampaniya markaziy G‘azodan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Keyinchalik, janubiy va shimoliy G‘azoni qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azoda BMTning gumanitar yordam avtomobilini o‘qqa tutgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

emlash G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing