G‘azoda dori-darmon va yoqilg‘i tugayapti – JSST
Olam
−
30 may
2648Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiylari G‘azo sektorida dori-darmon va yoqilg‘i zaxiralari kamayib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda JSST matbuot kotibi Margaret Harris Jenevada jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yordam xodimlari ko‘payib borayotgan kasal va yaradorlarga hayotni saqlab qolish uchun yordam ko‘rsatishga harakat qilmoqda, biroq dori-darmon va yoqilg‘i zaxiralari juda past darajada.
“May oyi boshida Isroilning Rafahga bostirib kirishi boshlanganidan beri, qamalda qolgan shaharga faqat JSSTning gumanitar yordam olib ketayotgan uchta yuk mashinasi kirib kelgan”, deydi u.
Ma’lum qilinishicha, chegara yopilganligi sababli 60 ta JSST yuk mashinasi Rafahga bora olmay, El-Arishda kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlab, Misr hududidan 3,5 km uzoqlikdagi G‘azo tomonidagi nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatgandi. Kecha, 29 may kuni Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarada joylashgan 14 kilometrlik bufer zona vazifasini bajaruvchi Filadelfiya koridorini ham operativ nazoratga olganini e’lon qildi.
LiveBarchasi