G‘azoda aloqa qisman tiklandi

Olam

image

G‘azo sektorida aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi Paltel kompaniyasi bugun, 29 oktyabr kuni Isroil tajovuzi tufayli uzilib qolgan statsionar, mobil va internet xizmatlari asta-sekin tiklanayotganini ma’lum qildi

“Bizning texnik guruhlarimiz qiyin sharoitlarda ichki tarmoq infratuzilmasiga yetkazilgan zararni sinchkovlik bilan hal qilmoqdalar”, deyiladi telekompaniya bayonotida.

“Al Jazeera” jurnalisti Majid Abusalamaning ma’lum qilishicha, u hozir G‘azodagi onasi bilan qiyinchiliksiz bog‘lanishi va uning ovozini eshitishi mumkin. 

“Hozir hamma o‘z oilasi bilan aloqa qilishi mumkin. Biroq hech kim bu qancha vaqt davom etishini bilmaydi” deydi u.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo Isroilning yirik zarbalaridan keyin aloqa va internet bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kela boshladi. Sektordagi asosiy internet provayderi NetStream o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatdi. Oqibatda G‘azoda 27 oktyabrdan beri internet butunlay uzilgan.

Shu bois Falastin milliy ma’muriyati (FMM) Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda


Maqola muallifi

Teglar

G'azo G'azo sektori aloqa Paltel internet xizmatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing