G‘azoda 75 kunlik to‘qnashuvlar davomida BMTning qancha xodimi halok bo‘lgani ochiqlandi
Olam
−
23 dekabr 2023
2869G‘azo sektorida 75 kun davom etgan mojarolar davomida BMTning 136 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.
“75 kun ichida G‘azo sektoridagi 136 nafar hamkasbimiz halok bo‘ldi. Biz BMT tarixida hech qachon bunday fojiani ko‘rmaganmiz. Ko‘pchilik xodimlarimiz uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Men G‘azo sektoridagi tinch aholini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygan minglab yordam xodimlarini hurmat qilaman", deb yozgan u o‘zining X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi G‘azoda 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida vafot etgan jurnalistlar soni 98 nafarga yetgan.
Shuningdek, halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 mingdan oshgan.
LiveBarchasi