G‘azoda 25 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi – BMT
Olam
−
24 yanvar
2659G‘azodagi qurolli mojaroning joriy bosqichi boshlanganidan beri 25 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT tashkilotning gumanitar agentliklari ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 62 mingdan ortiq falastinlik yaralanganini ma’lum qilgan.
Boshqa narsalar qatorida, BMT sektor shifoxonalaridagi bemorlar taqdiridan xavotir bildirgan, chunki hozirda G‘azoda atigi 14 shifoxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Uch oydan ortiq davom etgan shiddatli portlashlar tufayli tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyoj mahalliy sog‘liqni saqlash tizimining imkoniyatlaridan ancha yuqori.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Kristian Lindmayerning aytishicha, G‘azodagi Al-Xayr shifoxonasi havo hujumlari ostida, Nosir klinikasi deyarli qamalda va unga kirish bloklangan.
"Hodisalar dahshatli ssenariy bo‘yicha rivojlanmoqda: odamlar keyingi daqiqalar ularga nima olib kelishini bilishmaydi", deydi u.
LiveBarchasi