G‘azoda 23 kishi ochlik va tashnalikdan halok bo‘ldi
Olam
−
09 mart
4256Gumanitar inqiroz kun sayin chuqurlashib borayotgan blokadadagi G‘azo sektorida to‘yib ovqatlanmaslik va tashnalikdan halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ash-Shifa” shifoxonasida yana uch bola to‘yib ovqatlanmaslik va tashnalikdan vafot etgan.
6 mart kuni vazirlikning xabar berishicha, anklavda 20 kishi ochlik qurboni bo‘lgan.
Avvalroq, BMT G‘azo sektorida 2,2 million kishi ocharchilik xavfi ostida ekani haqida ogohlantirgan edi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, eksklavdagi 378 ming kishi 5-darajali ochlikka duch kelmoqda, bu oziq-ovqat xavfsizligining Integratsiyalashgan faza tasnifi (IPC) shkalasi bo‘yicha “halokatli” hisoblanadi.
Yana 939 ming kishi 4-darajali ochlikdan aziyat chekmoqda.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida parashyutlari ochilmagan samolyotlardan insonparvarlik yordami tushishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lib, o‘n kishi jarohatlangandi.
LiveBarchasi