G‘azoda 1,7 millionga yaqin odam majburan ko‘chirildi – BMT

Olam

image

G‘azoda 1,7 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha voizi Ravina Shamdasani BMT Jeneva ofisi haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

“Bu odamlar dahshatli sharoitda va doimiy tahdid ostida yashaydilar”, deydi u. 

Shamdasani Isroilning shiddatli hujumlari ostida bo‘lgan G‘azodagi vaziyatni baholadi. 

“G‘azoda tinch aholi duch kelayotgan halokatli vaziyatni hal qilish ustuvor vazifa bo‘lib qolishi kerak”, deydi u.

Uning urg‘ulashicha, Isroil G‘azoga gumanitar yordamning kirishi va tarqatilishiga noqonuniy cheklovlar qo‘yishda davom etmoqda. 

Uning qayd etishicha, Isroil G‘azo sektorining barcha hududlarini bombardimon qilmoqda: 

“G‘azoda 1,7 millionga yaqin odam majburan ko‘chirilmoqda. Bu odamlar dahshatli sharoitda va doimiy tahdid ostida yashaydilar”, deydi u.  

Ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda oxirgi paytlarda kuchaygan zo‘ravonliklarning xavotirli ekanini ta’kidlagan Shamdasani, falastinliklarning tez-tez Isroil askarlari hamrohlik qilgan yoki qo‘llab-quvvatlagan yuzlab isroillik ko‘chmanchilar tomonidan hujumga uchraganiga diqqat qaratdi. 

BMT vakilining ta’kidlashicha, Isroil “bosqinchi davlat” sifatida G‘arbiy Sohilda jamoat tartibi va xavfsizligini tiklash uchun o‘z vakolatlari doirasida barcha choralarni ko‘rishi kerak. 

“Isroil xavfsizlik kuchlari zudlik bilan falastinliklarga qarshi ko‘chmanchilar hujumlarini qo‘llab-quvvatlashini va faol ishtirokini to‘xtatishi kerak”, deydi Shamdasani.

U Isroil hukumati bu hujumlarning oldini olishi, jumladan, aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerakligini ham qo‘shimcha qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing