G‘azoda halok bo‘lganlarning 74 foizi bolalar va ayollardir – BMT 

Olam

image

Isroilning ommaviy hujumlari oqibatida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklarning 74 foizi ayollar va bolalardir. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bayonotida ma’lum qilindi.

UNRWA ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektori aholisining qariyb 80 foiziga teng 1,7 million falastinlik o‘z uyini tashlab ketgan.

21 noyabr holatiga ko‘ra, 1 million 37 ming ko‘chirilgan falastinlik G‘azo sektori, jumladan, shimoliy qismida joylashgan UNRWA’ning 156 ta ob’ektidan boshpana topgan. Hisobotda aytilishicha, G‘azo sektorining markaziy qismlarida hamda anklav janubidagi Xon Yunus va Rafah hududlaridagi UNRWA’ning 99 ta ob’ektida yana 877 mingga yaqin ko‘chirilgan odam qolmoqda.

Bundan tashqari, tashkilot 160 ming falastinlik boshpana topgan 57 ta joyga kirish imkoniga ega emasligini ma’lum qilgan.

Hisobotda aytilishicha, Isroil kuchlari 12 oktyabr kuni evakuatsiya qilishga qaror qilgunga qadar, 160 mingga yaqin uy-joyini tark etgan falastinliklar UNRWA’ning G‘azo shahri va shimoliy anklavdagi 57 ta hududiga joylashtirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 845 kishiga yetgan, yana 36 000 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida 6150 nafar bola va 4 ming nafar ayol bor.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Bugun, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing