G‘azoda halok bo‘lganlar soni 47 ming kishiga yaqinlashdi
Olam
−
17 yanvar
639G‘azo sektorida Isroil qo‘shinlari bilan to‘qnashuv oqbatida qurbon bo‘lgan falastinliklar soni 46 ming 788 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga tayanib, kecha, 16 yanvar kuni IRNA xabar berdi.
So‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari tufayli 81 falastinlik halok bo‘ldi, yana 188 nafari yaralandi. 2023 yil 7 oktyabrdagi jangovar harakatlar boshlanganidan buyon jami qurbonlar soni 46 ming 788 kishini, yaradorlar soni esa 110 ming 453 nafarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, G‘azo fuqarolik mudofaasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yanvar kuni kechqurun sulh e’lon qilinganidan beri yana 77 nafar falastinlik, jumladan, 21 bola va 25 ayol halok bo‘lgan. Davom etayotgan hujumlarda 250 dan ortiq kishi jiddiy jarohat olgan. Yuqorida ko‘rsatilgan sonlar yana oshgan ham bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniy Falastin va Isroil tomonlari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Sulh 19 yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda va kelishuv doirasida HAMAS falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga 33 nafar isroillik garovdan ozod qilishga rozi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. Kelishuv bo‘yicha AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Vitkoff, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgurk hamda Qatar va Misr vositachilari muzokaralar olib borishgan. AQSH tomonidagi kelishuv Brett Makgurk tomonidan imzolangan. “The Washington Post” nashrining yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ng qanot koalitsiyasidagi hamkorlariga HAMAS bilan sulhning birinchi bosqichidan so‘ng G‘azo sektorida harbiy operatsiyani qayta boshlashga va’da bergan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar