G‘azoda halok bo‘lganlar 15 mingga yaqinlashdi
Olam
−
22 noyabr 2023
3002Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 828 ga yetdi. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berdi.
7 oktyabrdan beri Isroilning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 5840 bola va 3920 ayol bor.
Shuningdek, Isroilning raketa hujumlari oqibatida 205 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 62 jurnalist halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, G‘azo sektorining 33 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan, ularning 75 foizi bolalar va ayollar hisoblanadi.
6800 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan, shundan 4500 dan ortig‘i ham ayollar va bolalarga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda sektorda 100 ta hukumat binosi va 266 ta maktab Isroil hujumlariga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq SAXAL matbuot xizmati G‘azoda quruqlikdagi operatsiya davomida Isroil armiyasidan 61 kishi qurbon bo‘lganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi