G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 28 mingga yaqinlashdi
Olam
−
10 fevral
3334Isroilning G‘azo sektorida 2023 yilning 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 947 nafarga yetdi, 67 459 nafar shaxs yaralandi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra xabar qildi.
Al-Qudra ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Falastin anklavining yana 107 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboniga aylangan, 142 nafar falastinlik yaralangan.
Rasmiyning qayd etishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon binolar vayronalari ostida va yo‘llar chetida qolmoqda.
“Tibbiyot guruhlari va fuqarolik mudofaasi xodimlari Isroil harbiylarining to‘siqlari tufayli halok bo‘lganlar va yaradorlarga yetib bora olmayapti”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 fevral kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining janubiy qismiga zarbalar berdi.
LiveBarchasi