G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 mingdan oshdi
Olam
−
01 fevral 2024 5204 1 daqiqa
2023 yil 7 oktyabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida Isroilning davom etayotgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 019 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, so‘nggi 24 soat ichida 119 falastinlik Isroil hujumlari qurboni bo‘lgan, yana 190 nafar anklav aholisi jarohat olgan.
Isroilning 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida yaralanganlarning umumiy soni esa 66 ming 139 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 26 ming kishiga yetgani xabar qilingandi. Bugungi ko‘rsatkich esa 6 kun ichida mingga yaqin odam qurbon bo‘lganini anglatadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr