G‘azoda halok bo‘lgan falastinlik bolalar 5300 dan oshdi

Olam

image

G‘azo sektori 48 kunlik bombardimon qilinishi paytida 5300 dan ortiq falastinlik bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel ma’lum qildi.

“Pauzadan oldin, 48 kun davom etgan bombardimonda 5300 dan ortiq falastinlik bolalar halok bo‘ldi, bu ko‘plab bedarak yo‘qolganlarni o‘z ichiga olmaydi. Agar zo‘ravonlik shu darajaga qaytsa, har kuni yana yuzlab bolalar halok bo‘ladi va yaralanadi, deb taxmin qilishimiz mumkin. Yetti kun davomida (gumanitar pauza davom etgan) bu dahshatli tushni boshidan kechirgan bolalar uchun umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Bolalar uzoq muddatli gumanitar sulhga muhtoj”, deydi Rassel UNICEF veb-saytida chop etilgan bayonotda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin va Isroildagi barcha bolalar tinchlikka va yaxshi kelajakka loyiq.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va HAMAS o‘rtasida 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan va ikki marta – mos ravishda 27 va 29 noyabrda uzaytirilgan sulh muddati tugadi. Kecha, 1 dekabr kuni ertalab  Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga hujumni qayta boshladi. 

Sulhning dastlabki kelishuviga ko‘ra, 4 kun davomida HAMAS garovdagi 50 nafar isroillikni, Isroil esa qamoqdagi 150 nafar falastinlikni ozod qilishi kerak edi. 27 noyabr kuni tomonlar sulhni yana ikki kunga uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Bu vaqt ichida HAMAS garovdagilar orasidan yana 20 nafar ayol va bolani ozod qilishi zarur edi.


Maqola muallifi

Teglar

bolalar UNICEF G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing