G‘azo sektorining 80 ming aholisi janubga yo‘l oldi (foto)

Olam

image_2023-11-10_12-17-43

Kecha, 9 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari quruqlikdagi operatsiya o‘tkazayotgan G‘azo sektorining shimoliy qismining 80 ming aholisi anklavning xavfsizroq janubiga jo‘nab ketdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” Isroil rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Bu insonparvarlik koridori ochilganidan beri so‘nggi besh kun ichida eng yirik odamlar harakatidir. Harbiylar "Ash-Shifa" shifoxonasi yaqinidagi G‘azo hududida HAMASning razvedka va operatsiyalar markaziga yaqinlashayotganini aytgan.

Hududda jangovar harakatlarni boshqarish uchun jangovar xona, katta poligon va raketalar, tankka qarshi raketalar, dronlar va boshqa portlovchi moddalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan o‘q-dorilar zavodlari mavjud edi.

“Yaqin atrofda bolalar bog‘chalari va masjidlar bor edi”, deydi harbiylar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik G‘azo sektorida 1,5 millionga yaqin aholi Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi oqibatida uylarini tark etishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

G'azo sektori ko'chish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing