G‘azo sektorida shiddatli janglar yana avj oldi – AFP
Olam
−
18 may
9592Isroil HAMASga qarshi urush olib borayotgan G‘azo sektorida bugun, 18 may kuni faol jangovar harakatlar va havo hujumlari qayta boshlandi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Agentlikning manbalarga tayanib yozishicha, G‘azo sektori janubida joylashgan Rafah shahrida ham, shimoliy mintaqada ham janglar ketmoqda. Shuningdek, Rafahdagi Quvayt shifoxonasi qochoqlar lagerida ikki kishi Isroil havo hujumidan so‘ng halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorining janubi-sharqida o‘q ovozlari va granata portlashlari qayta-qayta eshitilgan, Rafah janubida isroillik jangchilarning hujumlari kuzatilgan.
18 mayga o‘tar kechasi anklav shimolidagi Jabaliya shahrida shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan. Bir kun avval, 17 may kuni SAXAL rasmiylari Isroilning 2023 yil oktyabr oyida HAMASga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri “eng yomon” zo‘ravonlik sodir bo‘lganini aytdi.
Shuningdek, Isroil armiyasi 17 may kuni AQSH harbiylari tomonidan qurilgan yangi iskala orqali G‘azo sektoriga yetib kelgan gumanitar yordamning dastlabki 310 konteyneri hozirdanoq qadoqdan chiqarilayotganini bildirdi. Yaqin Sharqdagi operatsiyalar uchun mas’ul bo‘lgan AQSH Markaziy qo‘mondonligi CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda vaqtinchalik iskala orqali G‘azo sektoriga yana 500 tonna gumanitar yordam yetkaziladi.
LiveBarchasi