G‘azo sektorida halok bo‘lganlar 25 ming kishiga yaqinlashdi
Olam
−
20 yanvar
3820G‘azo sektorida Isroil harbiy zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 mingga yaqinlashmoqda. Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Isroilning o‘tgan yilning 7 oktyabridan buyon amalga oshirgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 927 nafarga yetdi, 62 388 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari oqibatida 165 kishi halok bo‘lgan va kamida 280 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida va anklav yo‘llarida qolmoqda, shifokorlar va qutqaruvchilar ularga hali yetib bora olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni G‘azo sektorida halok bo‘lganlar 23 357 nafarga yetgani xabar qilingandi. Bu esa atigi 10 kun ichida Falastin anklavida 1,5 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini anglatadi.
LiveBarchasi