G‘azo bolalar qabristoniga aylanmoqda – UNICEF
Olam
−
01 noyabr 2023
6996Isroil shiddatli o‘qqa tutayotgan G‘azo sektori bolalar qabristoniga aylanmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) matbuot kotibi Jeyms Elder ma’lum qildi.
U Falastin anklavidagi bolalar o‘limidan xavotir bildirgan. Elder zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoga gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazishga chaqirganini yana bir bor ta’kidlagan.
"G‘azo sektoridagi bolalar nafaqat bombardimonlardan, balki ularga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmaganidan ham o‘lmoqda", deya ta’kidladi UNICEF vakili.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoda qurbonlar soni 8525 nafarga yetgan, ulardan 3542 nafari bolalar va 2187 nafari ayollar.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq UNICEF G‘azoda har kuni 400 dan ortiq bolalar halok bo‘layotgani yoki yaralanayotganini ma’lum qilgan edi.