G‘azo aholisi uchun gumanitar koridorlarni ochish bizning ustuvor vazifamiz – Qozog‘iston 

Olam

image

Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlariga tinchlik muzokaralari zarurligiga qat’iy ishonadi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Murat Nurtleu Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

"Mamlakatimiz Yaqin Sharqda zo‘ravonlik avj olganidan juda xavotirda. Biz xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka qo‘shilamiz va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz. G‘azo xalqi uchun gumanitar yo‘laklarni ochish Qozog‘iston diplomatiyasining asosiy vazifasidir", deydi u. 

Nurtleuning qayd etishicha, kuzatilayotgan iqtisodiy muammolar va geosiyosiy beqarorlik tashkilot davlatlaridan birgalikdagi sa’y-harakatlarni talab qiladi. Yaqin Sharq masalasida esa Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining pozitsiyasi shundan iboratki, mojaro tomonlari tinchlik muzokaralariga muhtoj.

Ma’lumot uchun, bugun, 3 noyabr kuni Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan tashkilotning 10 yillik yubiley sammiti arafasida Ostonada Turkiy Davlatlar Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda esa Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston davlat rahbarlari ishtirok etadi. Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchi davlatlar sifatida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Falastin xalqi tomonida ekanini aytgandi. 1 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston G'azo Murat Nurtleu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing