Gazdan qarzi borlar tarmoqdan uzilmasligi va’da qilindi

Jamiyat

image

Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda “Xududgazta’minot” AJ ma’lum qiladi.

Kompaniya xonadonida gaz ta’minoti o‘chirib qo‘yilgan fuqarolarga uni qanday yoqish bo‘yicha tavsiya ham bergan.

“Honadoningizdagi hisoblagich o‘chirilgan bo‘lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o‘chiring, so‘ngra markaziy ko‘k ENTER tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Shuningdek, gaz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotining 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkinligi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing