“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Jamiyat
−
28 Sentabr
4186Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” suv ombori Tabiiy suv havzalari davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan tadbirkorlik sub’ektlariga elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi. suv ombori platformaga joylashtirildi. Shu sababli suv ombori E-auksion elektron savdo platformasiga joylashtirildi.
Ob’ekt 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Vazirlar Mahkamasining Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’ektlariga E-auksion elektron savdo platformasi orqali berish tartibi nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq eng kam oylik ish haqining oshishi hisobiga ijara to‘lovi tafovutiga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi. Bir oylik boshlang‘ich ijara haqi – 525 ming so‘m.
Agar auksion g‘olibi 5 ish kuni ichida operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lamagan yoki ijara shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibi mavjud bo‘lsa unga operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga mazkur nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Salohiyatli g‘olib to‘lamaganda yoxud mavjud bo‘lmaganda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.
LiveBarchasi