Bir haftada “gaz zapravka”lardagi kunlik gaz 5 baravarga ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun respublika bo‘yicha kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilovatt soat elektr yetkazib beriladi (hozir – 70 million kub metr gaz va 120 million kilovatt soat elektr berilmoqda). Bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

“Bu borada yana bir masala – Andijon va Farg‘onada bo‘lgan uchrashuvlarda ko‘plab tadbirkorlar elektr ishlab chiqarishni o‘zi yo‘lga qo‘yishga, kichik quyosh stansiyalarni va mikroGESlar qurishga tayyorligini bildirdi. Bunday tashabbusi bor Namangan tadbirkorlarini ham, albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Prezident.  

Qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion so‘mlik moliyalashtirish shu haftadan ochilishi ma’lum qilindi.  

Xususan, Namanganda infratuzilmani yaxshilashga bu yil 1,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi.  


Maqola muallifi

Teglar

gaz Shavkat Mirziyoev Namangan Andijon Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing