Gaz quyish shoxobchasida bosqinchilik yuz berdi
Jamiyat
−
25 fevral 2019
7941Joriy yilning 22 fevral kuni “Progress gaz servis” MCHJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isini quyish shoxobchasida bosqinchilik qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.X. yuzini egnidagi kiyimi bilan berkitib, pichoq va temir quvur bilan qurollangan holda “Progress gaz servis” MCHJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isini quyish shoxobchasining operator xonasiga bostirib kirib, shu shoxobcha operatorlari N.R. va M.S.larni tanasining turli joylariga temir quvur bilan urib jarohat yetkazgan.
So‘ng M.S.ni pichoq bilan qo‘rqitib kassadan 505000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashirinayotgan vaqtida shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi