Gayane Umerova “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari Gayane Olegovna Umerova “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqdagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bugun, 25 avgust kuni imzolandi.

Ma’lumot uchun, Gayane Olegovna Umerova 1985 yil 22 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha san’atshunos. U 2020 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2023 yil iyulda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil oktyabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Umerova o‘tgan oydan beri O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari sifatida ishlab kelmoqda.

Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasidan quyidagilar “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan:

  • Jasurbek Shavkatovich Avezov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Ella Anatolevna Jahongirova - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining departament boshlig‘i;
  • Nodir Qadamovich Jumaniyozov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Go‘zal G‘ayratovna Ishoqova - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Timur Masharibovich Qilichov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • iravzal Mirodilovich Mirakulov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Ziyod Maxamadjonovich Mirahmedov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Feruz Qosimovich Rahmatov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Saidxon Tal’at o‘g‘li Saidolimov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;
  • Furqat Salimovich Xo‘jayev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi;

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi Nurali Askaraliyevich Mirzayev “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gayane Umerova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing