Gayane Umerova yangi lavozimga tayinlandi
Madaniyat-san’at
−
11 Iyul 2023 45361 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, u 2023 yil 1 iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida UNESCO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Gayane Olegovna Umerova 1985 yil 22 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha san’atshunos.
U 2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr