Gavayida kuchli vulqon uyg‘ondi

Olam

image

Kecha, 10 sentyabr kuni Gavayidagi Kilauea vulqoni mahalliy vaqt bilan soat 15:15 da otildi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati (USGS) o‘z saytida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Gavayidagi Kilauea vulqonining faqat Xalemaumau kraterida vulqon otilishi kuzatilgan. Vulqon otilishining ilk bosqichida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda krater tagida yoriqlar hamda uning yuzasida lava oqimlari paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Gavayi orolida joylashgan Kilauea vulqoni Yerdagi eng faol vulqonlardan biridir. Shuningdek, mahalliy aholi e’tiqodida mazkur vulqon ma’buda Pelening yashash joyi hisoblanadi. Vulqonning oxirgi marotaba otilishi joriy yilning 7 iyun kunida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni Italiyaning Sitsiliya orolida joylashgan Etna tog‘idagi vulqon uyg‘ongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gavayi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing