Garri Maguayrga APLning top klubi “sovchi qo‘ydi”

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Garri Maguayrga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” rasmiylari “qizil iblislar” himoyachisiga rasmiy taklif yuborgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham londonliklar yarim himoyachi Kristian Pulishichni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqa boshlagan. Agarda jamoalar o‘zaro kelishuvga erishsa, ikki futbolchi uchun bitta kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, “Chelsi” uchun  “Lester Siti” himoyachisi Uesli Fofanani transfer qilish masalasi hamon ustuvor bo‘lib qolmoqda. Ammo “aristokratlar”ning Maguayrga ham qiziqishi jiddiy. Ayniqsa, uning "Yunayted"da o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayotganini hisobga olsak, “qizil iblislar” Maguayrning ketishiga qarshi bo‘lmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi “Manchester Yunayted"ga 2019 yilda 80 million funt sterlinglik rekord darajadagi mablag‘ evaziga “Lester”dan o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Garri Maguayr

Baholaganlar

68

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing