G‘arbiy Yevropadagi toshqin Avstriya va Chexiyaga ham yetib bordi. Qurbonlar soni ortmoqda (video)
Olam
−
19 iyul 2021
6066Germaniyada boshlangan suv toshqinlari G‘arbiy Yevropa mintaqasi bo‘ylab kengayib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belgiya, Gollandiya, shuningdek Avstriya va Chexiyada ham toshqinlar kuzatilmoqda. Tabiiy ofat qurbonlari soni ham ortib bormoqda.
Mutaxassislar fikricha, G‘arbiy Yevropada oxirgi 20 yil ichidagi eng katta toshqin sodir bo‘ldi, undan Germaniya, Belgiya va Gollandiya jabr ko‘rdi. Bundan tashqari, Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniyada kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin Avstriya va Chexiyaga ham yetib borgan. Germaniyada toshqin qurbonlari soni 156 kishiga yetgan, 670 kishi jarohatlangan va mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Belgiyada hozirgacha halok bo‘lganlar soni 31 kishini tashkil etmoqda. 163 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, Avstriyada ham bir kishi toshqin qurboni bo‘lgan — uni daryo oqizib ketgan va topilganda o‘lik holatda bo‘lgan.
“Bild” nashrining xabar berishicha, Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida joylashgan Xyukesvagen shahridagi korxonalardan birida neft va neft mahsulotlari to‘kilib ketdi.
Rasmiylarning fikriga ko‘ra, neft mahsulotlarining to‘kilishi toshqinlar omborxonalarga zarar yetkazgani tufayli yuz bergan.
Neft bilan ifloslangan suv mahalliy suv omborlariga kirishi mumkin bo‘lgani sababli, rasmiylar ushbu suv omborlariga tashrif buyurish, ularda cho‘milish, baliq ovlash va qayiqda yurishni taqiqlab qo‘ydi.
LiveBarchasi