G‘arb o‘zining tajovuzkorligini ko‘rsatdi – Putin

Olam

image

G‘arb Rossiyaning xavfsizlik bo‘yicha barcha fundamental takliflariga javoban to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad javobini berdi va shu bilan u o‘zining tajovuzkor rejalarini amalga oshirishda to‘xtamasligini ko‘rsatdi. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi. 

“2021 yil dekabr oyida biz AQSH va NATOga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuvlar loyihalarini rasman taqdim etdik. Ammo biz uchun barcha asosiy pozitsiyalarda ular, aslida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad javobini berishdi. Keyin nihoyat agressiv rejalarni amalga oshirish uchun ruxsat berilganligi va ular to‘xtab qolmasliklari aniq bo‘ldi”, deydi u. 

Putinning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar “sayyorada tinchlikni saqlash” bo‘yicha fundamental kelishuvlarni bir tomonlama buzgan, xususan, O‘rta va qisqa masofalarga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqan.

“Xo‘sh, ular nega bunday yo‘l tutdi? Siz bilasizki, ular hechch qachon biror narsani shunchaki qilishmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Prezident.

Putinga ko‘ra, G‘arb davlatlari “belgilangan kartalar” o‘ynab, o‘zlarining xiyonatlaridan zavqlanib, Minsk kelishuvlari va Normandiya formatini diplomatik ko‘rsatuv va blef (bu karta o‘yinlaridagi hiyla) deb atashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Putin murojaatnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing