G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya-Xitoy hamkorligi qanchalik oshdi?
Olam
−
26 mart 2023
7391Rossiyaga qarshi sanksiyalar Moskva va Pekin uchun hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib berdi va G‘arb siyosatchilarining Rossiya iqtisodiyotining qulashiga bo‘lgan umidlari amalga oshmayapti. Bu haqda “Berliner Zeitung” gazetasida chop etilgan maqolada so‘z bordi.
Statistikaga nazar tashlasangiz, Rossiya-Xitoy tovar ayirboshlash o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga o‘sgan. Rossiya Xitoyga energiya bilan birga, birinchi navbatda, don va un kabi oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishi yanada ortgan. Xitoyliklar 2022 yilda Rossiyadan o‘tgan yilga nisbatan uch baravar ko‘p qiymati 1,34 milliard dollarga teng jami 2,3 million tonna po‘lat va po‘lat mahsulotlarini import qilingan.
O‘z navbatida, Xitoy G‘arb sanksiyalari boshlanganidan beri Rossiyaga smartfon, noutbuk, maishiy texnika, kompyuter chiplari va avtomobillarni yetkazib bermoqda. Kuzatuvchilarning aytishicha, Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari yil davomida Rossiya bozoridagi ulushini 10 foizdan 38 foizga oshirgan.
Umuman olganda, Xitoyning Rossiyaga kiritgan sarmoyasi o‘tgan yili uchdan birga oshib, 200 million dollarni tashkil etgan.
“Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning 2022 yil fevral oyi oxirida sanksiyalar Rossiyani vayron qilishi haqidagi bashorati bu yerda amalga oshmagan ko‘rinadi. Greenwood biznes-parki sanksiyalar g‘oliblarining bosh qarorgohi hisoblanadi”, deyiladi maqolada Rossiyadagi Xitoy ishbilarmonlik dunyosining markazi bo‘lgan Greenwood biznes-parki faoliyatiga ishora qilinib.
LiveBarchasi