G‘arb MDH davlatlarida vaziyatni izdan chiqarmoqchi - FXX rahbari

Olam

image

G‘arb davlatlari MDH mamlakatlarida faol ravishda ichki vaziyatni nostabillashtirishga intilmoqda, deb bayonot qildi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov. Bu haqda Sputnik yozmoqda. 

"Bunday aralashuvning an’anaviy instrumenti sifatida <...> chet el va xalqaro nodavlat tashkilotlari xizmat qilmoqda", deya aniqlik kiritdi MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbariyati kengashi yig‘ilishida.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) – sobiq SSSR respublikalarining aksariyati birlashgan davlatlararo tuzilmadir. 1991 yil 8 dekabrda Belarus, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbariyati tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda unga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston a’zo. 2009 yilda birlashmani Gruziya tark etgan, shuningdek Ukraina munozarali maqomga ega.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 noyabr kuni poytaxt Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kengash a’zolarini qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

MDH Aleksandr Bortnikov

Baholaganlar

133

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing