G‘arb Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish g‘oyasini xushlamaydi — Nazarboyev

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev “Xabar” telekanali efirida G‘arb Markaziy Osiyo davlatlarining birlashishga intilishini yoqtirmasligini aytdi.

“Har doim o‘yin bor. Masalan, Markaziy Osiyo respublikalarini birlashtirish istagimiz G‘arbga yoqmaydi, buni xohlamaydilar. Ular hozir hammamizni Rossiyadan ajratmoqchi va bizni g‘azablantirish ustida ishlamoqda. Odamlar oddiy narsalarni tushunmaydilar. Masalan, Qozog‘iston uchun foydalarni. Xitoyga qarshi g‘alayon ham tashqaridan. Bu bizni Xitoy bilan janjallashtirmoqchi bo‘lgan uchinchi kuch”, deydi Nazarboyev.

Elboshi, shuningdek, Rossiya va Ukraina munosabatlarini eslab, ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralarda yordam berishga harakat qilganini tan oldi.

“Men, allaqachon, Ukraina Prezidentiga taklif qilganman: keling, mening vositachiligim bilan uchrashamiz, muzokaralar stoliga o‘tiramiz. Ular bunday jarayon uchun hali tayyormasligini aytdi. Bu menga juda ozor beradi, Ukrainani yaxshi bilaman va shunday yaqin ikki davlat birdan ajralib ketgani, bu odamlarning emas, siyosatchilarning xatosi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Ukraina Nazarboev G'arb Elboshi

Baholaganlar

493

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing