G‘arb Kiyevning qarshi hujumi uchun 63 ming askar tayyorladi – Pentagon
Olam
−
19 iyul 2023
5697G‘arbiy koalitsiya Ukrainaning 17 brigada jangovar guruhini va 63 mingdan ortiq askarni Kiyev qarshi hujumiga o‘qitdi, birgina AQSH ulardan 15 ming nafarini tayyorlagan va mashg‘ulotlar davom etmoqda. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qildi.
Millining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 800 million dollargacha bo‘lgan qo‘shimcha xavfsizlik yordami paketini taqdim etgan. To‘plamga qo‘shimcha artilleriya tizimlari, jumladan, HIMARS va Patriot zenit-raketa tizimlari kabi havo mudofaa qurollari kiradi.
“Bundan tashqari, paketga tankga qarshi va aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, shuningdek, qurol-yarog‘lar kiradi”, deydi u.
Unga ko‘ra, AQSHning Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatgan yordamining umumiy miqdori 40 milliard dollardan oshgan.
“Bu nafaqat Rossiya Federatsiyasining noqonuniy tajovuzkorligi, balki Rossiyaga hech qanday harbiy xavf tug‘dirmagan mamlakatga qarshi keraksiz urushdir”, deydi Milli.
O‘z navbatida, Pentagon rahbari Lloyd Ostin ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotini boshqarishda kelishilgan o‘quv rejasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishishda davom etayotgan Daniya va Niderlandiyaning hissasini eslatgan.
“Shvetsiya va Fransiya Ukraina bilan mudofaa xaridlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzoladi, bu esa Kiyevga yanada ilg‘or tizimlar olishga yordam beradi”, deydi Lloyd Ostin.
LiveBarchasi