G‘arb Kiyevni Zelenskiyning gaplaridan so‘ng ogohlantirdi
Olam
−
18 iyul 2023
18964G‘arb qurol-yarog‘ va Vladimir Zelenskiy doimiy so‘rab kelayotgan yordam talabi tufayli Ukrainani tinchlik bitimiga majburlashi mumkin, deb yozadi "Politico".
“Zelenskiy G‘arbiy va Janubiy Yevropada jamoatchilik fikrini unchalik yaxshi tushunmaydi. Bu yerda uy-joy mulkdorlari va tadbirkorlar yashash narxining yomonlashuvidan omon qolish haqida qayg‘urmoqda. Ammo bunday inqirozli holatda Zelenskiy buni tushunishni istamaydi", deydi tahlilchi Jeymi Dettmer.
Uning fikricha, yevropalik siyosatchilarning ritorikasi va harakatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik Ukraina rasmiylarini "ichini kemirmoqda". Shuningdek bu ularning G‘arb oxir-oqibat Ukrainani tinchlik muzokaralariga majburlashidan qo‘rqishadi.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Ayni paytda G‘arb Ukraina rasmiylarining bayonotlariga e’tibor bermay, Rossiyani tinchlik kelishuviga chaqirmoqda.
O‘ktamjonov Oybek
LiveBarchasi