G‘arb Isroilning G‘azodagi vahshiyliklariga ko‘z yummoqda – Xoqon Fidan

Olam

image

Turkiya TIV rahbari Xoqon Fidan sionistlarning G‘azodagi vahshiyliklari qarshisida Isroilning homiysi bo‘lgan G‘arb davlatlari to‘liq sukut saqlayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Yeni şafak” mahalliy nashri xabar berdi. 

Vazir bu haqda Bosniya TIV rahbari Elmedin Konakovich bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochgan. U Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholiga qarshi hujumlarining oldini olish va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish talabini qo‘yish zarurligi haqida gapirdi. 

“Isroilning G‘azodagi qonunbuzarligi qarshisida jim turish, dunyodagi boshqa qonunbuzarliklarga "yashil chiroq yoqish" bilan barobar. Biz G‘azo sektoridagi nishonga olingan shifoxona va maktablarning bombardimon qilinishi borasida jim turolmaymiz. Biz bu qirg‘inni to‘xtatish va vahshiylikka chek qo‘yish uchun qattiq harakat qilyapmiz. Isroilning hujumlari zudlik bilan to‘xtatilishi va ikki davlat kelishuvi imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak”, deydi Xoqon Fidan.

Eslatib o‘tamiz,15 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Falastin uchun yagona yurak” sammitida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi barcha davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini G‘azoda o‘ldirilganlar va ommaviy qirg‘in davom etayotgan bir paytda ovozi bostirilgan va o‘chirilganlarning ovozi bo‘lishga chaqirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Isroil G'azo Hoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing