Garajdan erkak va ayol o‘qituvchining o‘ligi topildi

3-sahifa

image

Rossiyaning Irkutsk viloyatida xususiy uy hududidagi garajdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lgan ayol va erkakning jasadi topildi. Bu haqda REN TV o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’umotlarga ko‘ra, jasadlar 24 dekabr kuni kechqurun Irkutsk chekkasidagi Rasputin ko‘chasida joylashgan uy hududidagi garajdan topilgan. Ta’kidlanishicha, jasadlarda zo‘ravonlik va qiynoq belgilari topilmagan.

Nashrning qayd etishicha, erkak va ayol jasadlari topilishidan taxminan bir kun oldin vafot etgan, garaj esa tashqaridan yopilgan. Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisa sabablarini aniqlamoqda. O‘limning dastlabki sababi chiqindi gazdan zaharlanish bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Moskvada ikki o‘zbekistonlik o‘lik holda topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi chiqindi gaz garaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing