Gandbol: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Iordaniyada o‘tkazilayotgan gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Zafar Azimov shogirdlari mezbon Iordaniya ganbolchilariga qarshi kechgan bahsda 34:26 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Qayd etish kerakki, ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston gandbol terma jamoasi kuchli oltilikdan o‘rin oldi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, qit’a birinchiligida 1-6-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar joriy yil Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor mundialda ishtirok etadi. Bunga qadar, terma jamoa 1997 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, 21-o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Iordaniya Gandbol Gandbol bo'yicha Osiyo chempionati

Baholaganlar

28

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing