Gandbol. Norvegiya Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport
−
20 dekabr 2021
3801Kecha, 19 dekabr kuni Ispaniyada ayollar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda Norvegiya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi bor oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hal qiluvchi bellashuvda skandinaviyaliklarga Tokio Olimpiadasi chempioni Fransiya terma jamoasi raqiblik qildi. Norvegiyaliklarning ustunligida o‘tgan bahs 29:22 hisobi bilan yakunlandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan kurashda esa Daniya Ispaniya ustidan 35:28 hisobida g‘alaba qozondi.
Eng yaxshi o‘yinchi: Kar Bratset Deli (Norvegiya)
Eng yaxshi to‘purar: Natali Xagman (Shvetsiya) – 71 gol;
Eng yaxshi darvozabon: Alteya Reynxard (Daniya) – 71 (seyv) / 141 (zarba);
Eng yaxshi pleymeyker: Patrisia Kovash (Avstriya) – 46 golli uzatma;
Eng yaxshi blogchi: Layn Xaugsted (Daniya) – 19 zarba.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil Yaponiyada o‘tgan dunyo birinchiligida Niderlandiya terma jamoasi g‘olib bo‘lgan edi. Norvegiya esa 4-o‘rin bilan kifoyalangan.
Ma’lumot uchun, ushbu Jahon chempionatida o‘z tarixida ikkinchi bor O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etdi. Zafar Azimov shogirdlari musobaqani 30-o‘rinda yakunlagan edi.