Gaitidagi zilzila qurbonlari soni keskin oshib ketdi
Olam
−
16 avgust 2021
6014Joriy yilning 14 avgust kuni Gaitida sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 1297 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning fuqaro muhofazasi xizmati ma’lum qilgan.
Jarohatlanganlar ham ortgan, dastlab 2,8 ming jabrlanuvchi haqida xabar berilgan bo‘lsa, keyinroq ular 5,7 mingdan ortib ketgan.
AQSHning USAID agentligi Gaitiga qutqaruvchilar va uskunalar yuborishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gaitida shanba kuni 7,2 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Silkinishlar keyinroq ham davom etdi. Hozirgacha ko‘plab mamlakatlar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun Gaitiga yordam taklif qildi.