Gaitida suv toshqinlari oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
06 iyun 2023
2595Gaitida so‘nggi kunlarda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Frans Press” xabar berdi.
Bir necha kun avval boshlangan yomg‘irlar mamlakatning 10 ta viloyatidan 7 tasida suv toshqini va vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 37 ming kishi jabr ko‘rgan, 13 mingdan ortiq kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Mahalliy qutqaruvchilar 11 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Ayniqsa, mamlakat poytaxti Port-o-Prensdan 30 kilometr g‘arbda joylashgan Leogan shahri jabr ko‘rgan. U yerda 3 ta daryo o‘z qirg‘og‘idan chiqib ketgan.
Leogan shahrida hozirda oziq-ovqat, suv va tibbiy buyumlar yetishmayapti.