Gaitida minglab namoyishchilar to‘da zo‘ravonliklariga qarshi namoyishga chiqdi

Olam

image

Gaiti poytaxti Port-o-Prensda mingdan ortiq odam qurolli to‘dalarning zo‘ravonligiga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “Prensa Latina” agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha, 7 avgust kuni odamlar ko‘chalarga chiqib, rasmiylardan yordam va jinoiy guruhlar harakatlaridan himoyalanishni talab qilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar mashinalarga o‘t qo‘ygan, politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan. 

“Agar hukumat chora ko‘rmasa, Karfur-Fey metropoliteni banditlar hududiga aylanadi”, deydi namoyishchilardan biri.

“Prensa Latina”ning qayd etishicha, birgina iyul oyida mamlakatda 83 kishi o‘g‘irlab ketilgan, 82 ta qotillik qayd etilgan.

2023 yilning olti oyida ayollar va bolalarni o‘g‘irlash bo‘yicha 300 ta holat qayd etilgan, bu 2021 yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir.

“Telesur” telekanaliga ko‘ra, qurolli to‘dalar Port-o-Prensning 80 foizdan ortig‘ini nazorat qilib, mamlakatning boshqa hududlarida ham o‘z pozitsiyalarini mustahkamlagan.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Gaiti to'da zo'ravonliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing