Bir kechada 8 ta hududda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141 nafarga oshib, jami bemorlar soni 40 195  nafarga yetdi.Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  90 nafari Toshkent shahrida; 

•  15 nafari Qashqadaryo viloyatida;

•  13 nafari Samarqand viloyatida;

•  10 nafari Toshkent viloyatida;

•  5 nafari Buxoro viloyatida; 

•  3 nafari Surxondaryo viloyatida;

•  3 nafari Navoiy viloyatida;  

•  2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 36 562 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (91 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 338 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing