Shavkat Mirziyoyev Livan Prezidenti va xalqiga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlash yuz berdi. Ayni vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasi 100 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan. Jarohatlanganlar esa 4 ming nafardan ziyod. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Davlat rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bayrut fojiasi

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing