O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyati oshiriladi
Jamiyat
−
12:13
4499O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida so‘z ochdi.
Bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali vaziyatda davlatning mustaqilligi va suverenitetini, xalqning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va himoya qilish eng muhim vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlandi.
“Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki O‘zbekistonni o‘zi uchun ona Vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir”, dedi Prezident.
Qayd etilishicha, buning uchun yagona Vatan, ko‘p millatli yagona ahil oila tuyg‘usi har bir kishining qalbi, yuragidan chuqur joy olishi lozim.
Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarning jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.