Gabon Prezidenti uy qamog‘iga olindi (video)
Olam
−
30 avgust 2023 6544 2 daqiqa
Gabon Prezidenti Ali ben Bongo Ondimba uy qamog‘iga olindi. Bu haqda Afrika davlatida hokimiyatni egallab olgan harbiylarga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
“Prezident Ali bin Bongo Ondimba oilasi va shifokorlari qurshovida uy qamog‘ida”, deyilgan harbiylarning televizion chiqishida.
Shuningdek, qo‘zg‘olonchilar davlat rahbarining o‘g‘illaridan biri “davlatga xiyonat qilgani uchun” hibsga olinganini aytgan.
Bundan tashqari, harbiylarning murojaatida Gabon Prezidentidan tashqari yana bir necha kishi, jumladan, hukumat a’zolari ham hibsga olingani ma’lum qilingan. Ular orasida prezidentning o‘g‘li Nuriddin Bongo Valentin, prezident ma’muriyati rahbari Yan Gislen, administratsiya rahbari o‘rinbosari Muhammad Ali Salyu, davlat rahbari maslahatchisi Abdul Husayniy, prezident matbuot kotibi Jessi Ella Ekoga va hukmron Gabon Demokratik partiyasining ikki nafar yuqori martabali vakili bor.
“Mazkur shaxslar milliy institutlarga xiyonat qilish, davlat mablag‘larini o‘g‘irlash, uyushgan guruhlar tarkibida xalqaro miqyosdagi moliyaviy firibgarlik, korrupsiyada ayblanib hibsga olindi”, deyiladi harbiylar xabarida.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda uy qamog‘iga olingan Ali ben Bongo Ondimbaning videomurojaati paydo bo‘ldi. Unda Prezident butun dunyo bo‘ylab “do‘stlarini” jim turmaslikka chaqirdi.
U o‘z qarorgohida ekanligini tasdiqladi, lekin nima bo‘layotganini bilmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq harbiylar barcha davlat organlarini tarqatib yuborganini va Gabonda to‘liq hokimiyatni o‘z zimmasiga olgan o‘tish davri va muassasalarni tiklash qo‘mitasini tuzganini ma’lum qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr