G7 davlatlari rahbarlari Yelizaveta II qabulida bo‘ladi
Olam
−
01 fevral 2021
3897Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan "Katta yettilik" (G7) sammiti oldidan AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden va "yettilik" davlat rahbarlarini Bukingem saroyida qabul qiladi. Bu haqda "The Times" xabar bergan.
Qayd etilishicha, mezbonlar qatorida Uels shahzodasi, Kornuol gersoginyasi hamda Kembrij gersogi va gersoginyasi ham bo‘ladi.
Bukingem saroyi ushbu xabarga izoh berishdan bosh tortgan.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson iyun oyida o‘tkaziladigan sammitda koronavirus pandemiyasi ta’sirida yuzaga kelgan inqirozdan qutulish masalasida kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Katta yettilik" (G7) sammiti joriy yilning 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kornuollda o‘tkaziladi.
2020 yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan G7 sammiti koronavirus pandemiyasi tufayli dastlab kuzgacha qoldirilgan, so‘ngra bekor qilingandi.
LiveBarchasi