G20 sammiti noyabrda onlayn formatda o‘tkaziladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al-Saud raisligidagi "Katta yigirmatalik" sammiti joriy yilning 21-22 noyabr kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda G20 saytida e’lon qilindi

“2020 yilgi G20 sammiti 21-22 noyabr kunlari onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. Sammitda inson hayotini himoya qilish va iqtisodiy o‘sishni tiklashga qaratilgan masalalar ko‘tariladi”, deyilgan xabarda.

Bayonotda G20 davlatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qanday rol o‘ynaganligi ta’kidlangan. Hisobotda aytilishicha, ushbu davlatlar vaksinalar ishlab chiqarish va tarqatish hamda aholining davolanish imkoniyatini ta’minlashga 21 milliard dollar sarmoya kiritgan. Yana qo‘shimcha ravishda, jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 11 trillion dollar ajratilgan.

Sammitda koronavirus bilan bog‘liq muammolardan tashqari, qator boshqa masalalar, masalan, innovatsiyalar muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, quyidagi davlatlar G20 tarkibiga kiradi: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi.


Maqola muallifi

Teglar

Salmon bin Abdulaziz Al-Saud G20

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing