G20 liderlari Xavfsizlik kengashini kengaytirish va JST islohotini talab qildi
Olam
−
23 noyabr 1807 2 daqiqa
Yoxannesburg bo‘lib o‘tgan Katta yigirmatlik – G20 sammitida davlatlar yetakchilari BMTni isloh qilishni, jumladan, Xavfsizlik Kengashini kengaytirishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda qo‘shma deklaratsiyada so‘z borgan.
“Biz BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilishga sodiqmiz. Biz Xavfsizlik Kengashini Afrika, Osiyo-Tinch okeani, Lotin Amerikasi va Karib dengizi kabi yetarlicha vakillikka ega bo‘lmagan mintaqalar va mamlakatlar guruhlari vakillarini o‘z ichiga olgan holda kengaytirishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.
Sammit ishtirokchilari BMT islohoti mamlakatlarga o‘zlarining umumiy maqsadlariga erishish imkonini berishi kerakligini ta’kidlagan va G20 ning global boshqaruv islohoti bo‘yicha harakatga chaqiruvi ruhida barcha BMT a’zolari bilan ishlash niyatlarini e’lon qilgan. Bu boshqa narsalar qatori Jahon savdo tashkilotini (JST) isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Yigirmalik guruhi Jahon savdo tashkilotini ham keng qamrovli isloh qilish zarur deb hisoblaydi.
“Biz JSTning mazmunli va keng qamrovli islohoti uning funksiyalarini yaxshilash uchun zarurligini tan olamiz, toki [tashkilot] barcha a’zolarining manfaatlariga yaxshiroq xizmat qilsin”, deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, G20 yetakchilari JSTning o‘zi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo muammolarini hal qilish vositasi sifatida muhimligini ta’kidlaganlar.
“Biz savdoning foydasi jamiyatning barcha qatlamlariga yetib borishini va barcha odamlar savdodan foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun ishlaymiz”, deyiladi qo‘shma deklaratsiyada.
G20 sammiti 22-23 noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tmoqda. Bu safar Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa tashabbusi bilan yig‘ilish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritildi: qo‘shma deklaratsiya sammit yakunida emas, balki G20 yetakchilari uchrashuvi boshida qabul qilindi
Live
Barchasi