FVV respublika qutqaruv markaziga yangi rahbar tayinlandi

3-sahifa

image

Abdurazzoq Abduholiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markaziga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ilgari mazkur lavozimni egallab turgan Ismoil Sharipov “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK  yong‘in xavfsizligini tashkil etish markaziga o‘tkazilgan. Tayinlovgacha Abdurazzoq Abduholiqov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan. U 2018 yil Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida rahbar bo‘lgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimiga esa ilgari FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukrullo Ayubov tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Abdurazzoq Abduholiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing