FVV rahbariga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart
4456O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Nuriddin Bahriddinovich Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan bo‘lib, Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi